Suhbatga Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'lim boshlig'i N.J.Norov, universitet profilaktika inspektori J.K.Atadjanov va rektor yordamchisi M.Safarov hamda universitetning professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuvda TTJ joylashtirilgan talabalarga TTJning Nizomi hamda talabalar uchun axloq qoidalari haqida tushunchalar berildi. So'ngra talabalardan kelib tushgan savollar va takliflarga tegishli javoblar berildi.
Bo'lim boshlig'i talabalar turar joyida talabalarga tashkil etiladigan fan va sport to'garaklari, besh muhim tashabbus tog'araklari, kutubxonadagi badiiy adabiyotlar haqida batafsil tushuntirib o'tdi.
Turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etayotganligi haqida aytib o‘tildi.
Universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig’i N.J.Norov hamda Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik ordinatori, Chirchiq shahar 1-son oilaviy poliklinikasi terapevt shifokori Sobirov Akbar Begaliyevich va fakulteti tyutorlari “1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash” kuni munosabati bilan “Yoshlar OITSga qarshi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatga Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor S.B.Qorayev, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Chirchiq shahar vakili V.R.Xamidov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan rektor maslahatchisi X.X.Mansurov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifit bo'lim boshlig'i N.J.Norov, Yoshlar Ittifoqi universitet BT yetakchisi, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Toshkent viloyati Ichki Ishlar bosh boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va ularni bartaraf etish maqsadida soha mutaxasislari bilan davra suhbati olib borildi.
Suhbat davomida mas'ul xodimlar tomonidan yoshlar o'rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar holati va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan kerakli tushunchalar berildi.
Chirchiq davlar pedagogika universiteti Talabalar turar joyida boshqaruv tizimida faoliyat olib borayotgan talabalar bilan uchrasuv o'tkazildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.Norov, fakultet dekan o'rinbosarlari, TTJ mas'ullari tomonidan Talabalar Kengash raislarining Yo'riqnomasidagi vazifalar haqida ma'lumot berib o'tildi.
Har bir sardor o'z qavatida yashovchi talabalarni yanada yaqinroq o'rganishiga alohida to'xtalib o'tildi.
Uchrashuvda shu kabi masalalarga chuqur yondashib, faoliyat olib borishdagi muammolar bo'yicha takliflar o'rganildi va rejalar tuzib olindi.
Bugun Chirchiq davlat pedagogika universiteti Turizm fakultetida muhim ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda “Yoshlarni ekstremizm gʻoyalaridan asrash – barqarorlik omili!”, “Internetda ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling!” va “Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-meʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati” kabi mavzular muhokama qilindi.
Toshkent viloyati OITSga qarshi kurash markazi vrachi Yusupova Roxila Islomovna OITS kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, davolash jarayoni, qoldiradigan asoratlari haqida gapirib davra suhbatiga yig’ilgan talabalarga ma’lumot berdi.
Uchrashuvda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassis shifokori Yusupova Roxila Islomovna;
Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassis shifokori Shotemirova Ibodat Qayumovna;
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'lim boshlig'i N.J.Norov;
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari R.J.Xamrayevlar ishtirok etdilar.
Talabalarga orttirilgan immunitet tanqisligi kasalligi, uning yuqish yo‘llari, davolash choralari hamda undan saqlanish yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.
Mavzuga oid masalalar bo‘yicha taklif etilgan Din ishlari bo'yicha Chirchiq shahar bosh mutahassisi Xamidov Vohid domla tomonidan talaba-yoshlarga ma’lumotlar berildi.
Talaba-yoshlar suhbat davomida dunyoning ko’plab mamlakatlarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgani haqida aytib o'tdi.
Dars davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning xalqimizga yo‘llagan Ramazon tabrigi bilan boshlandi. Shuningdek, yoshlarga oid yangi qarorlar va yangiliklar etkazildi. Dars qiziqarli va jonli muloqot asosida, qizg‘in bahs-munozaralar bilan davom etdi.
Qatnashdilar:
Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma`rifat bo'limi boshlig'i N.J.Norov
Toshkent viloyati IIBB hodimlari mayor A.Ochilov hamda kapitan A.Musulmonqulov lar hamda
Universitet inspektori J.Atajanov, Turizm fakulteti dekan o‘rinbosari H.B.Yuldashev, fakultetlar tyutorlari hamda talabalari ishtirok etishdi.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 3-sonli Talabalar turar joyida talaba yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N. Norov, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy ma’naviy muhitni ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi X. Mansurov, profilaktika inspektori J. Atadjanov, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, turli to‘garaklar va tanlovlar, startap loyihalar hamda kutubxona faoliyati haqida fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish barobarida, universitetda ilm-fan va ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarini ham bildirishdi.
Davra suhbatiga:
X.X. Mansurov – Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslaxatchisi;
N.J.Norov - Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i;
J.K.Atadjanov - unversitet profilaktika inspektori;
Yo'lchizoda Shamsiddin – Chirchiq shahar markaziy jom'e masjid imom xatibi;
V.Xamidov – Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Chirchiq shahar bosh mutaxassisi;
H.B.Yuldashev – Yoshlar bilan ishlash boyicha dekan orinbosari hamda fakultet tyutorlari va talabalari.
Tadbirda talabalar tomonidan xotira va ajdodlar merosining ahamiyati, ularni eʼzozlash zarurligi haqida fikrlar bildirildi. Ajdodlarimizning Vatan ravnaqi yoʻlidagi xizmatlari yodga olindi.
Dastur davomida sahna ko‘rinishlari, she’rlar hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarda vatanparvarlik va faxr tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.
Davlatimiz rahbari qarori bilan buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilli Chirchiq davlat pedagogika universitetida keng nishonlanmoqda. Universitet jamoatchiligi temuriylarga oid yozma manbalar asosida seminarlar, turli treninglar, master-klasslar, tanlovlar va intellektual musobaqalar tashkil etmoqda. Amir Temur boy merosi bilan bog‘liq shaharlar va muzeylarga ekskurtsiyalar uyushtirilmoqda. Filmlar namoyishi va teatrlarga tashrif tashkil etilmoqda. Universitet olimlari xalqaro konferesiyalarda qatnashmoqda.
Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur – Ikkinchi renessans homiysi” mavzusida badiiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov, O‘zbekiston Xalq artisti Tesha Mo‘minov, Turon Fanlar akademiyasi prezidenti Haydarbek Bobobekov, Temuriylar tarixi davlat muzeyi xodimi Saidbahrom Azizov, Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti podpolkovnigi Nodirbek Xoliqov, universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ishtirok etdilar.
2026-yil 25-mart kuni Chirchiq shahrida Navro‘z bayrami yuqori saviyada tashkil etilib, Chirchiq davlat pedagogika universiteti yoshlari faol ishtirok etdi.
Bayram davomida turli xalqlarning an’analarini aks ettiruvchi milliy burchaklar tashkil etildi. Madaniy dastur rang-barang chiqishlarga boy bo‘ldi: milliy qo‘shiqlar, raqslar va an’anaviy sahna ko‘rinishlari bayram kayfiyatini yanada ko‘tardi.
Ayniqsa, milliy o‘yinlar dasturi bayram ishtirokchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi — barcha birgalikda faol va zavq bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, bayramda qozoq, tojik va rus madaniyat markazlari ishtirok etib, festival nufuzini yanada oshirdi. Tadbirda universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov ham ishtirok etdi va universitet yoshlarini qutladi.
Navro‘z – tinchlik, do‘stlik va birdamlik bayrami. U ishtirokchilarni yaxshilik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va mehr-muxabbatga chorladi.
“AYOL QALBI - BAHOR IFORI”.
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan
Chirchiq shahri “Kimyogarlar” madaniyat saroyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi a’zolari hamda ularning shogirdlari ishtirokida “Ayol qalbi – bahor ifori” nomli ijodiy ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada iste’dodli rassomlar Imomatova Umida va Ayubova Sitoraning rang-barang ijodiy asarlari namoyish etildi.
Tadbirni San’atshunoslik fakulteti dekani hamda Pedagogika fakulteti dekani ochib berib, barchani bayram bilan tabrikladilar.
Tadbir yakunida faol qatnashgan talabalarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tashrif davomida ustozlar tomonidan Boburning hayoti va ijodiy merosi haqida qisqacha ma’lumot berilib, talabalar bilan fikr almashildi. Uchrashuvda yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy adabiyotga hurmat va qiziqishni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalarning dunyoqarashini kengaytirish hamda buyuk ajdodlar merosiga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.B. Qorayev boshchiligida universitet hodimlari ishtirokida Chirchiq shahrida joylashgan buyuk mutafakkir va g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish, yoshlar ongida ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Chirchiq davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Vatan himoyachilarining sharafli va mas’uliyatli xizmatiga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish, yoshlar ongida vatanparvarlik, mardlik va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, harbiy va fuqarolik hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining jonli ijrosi bilan boshlandi. Madhiyadan so‘ng, Rektor Muhammedov G‘ofurjon Isroilovich barchani tantanali sana bilan tabrikladi.
Universitet rahbari milliy armiyamiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam tayanchi, mamlakat tinchligi va xalq osoyishtaligining ishonchli kafolati ekanini alohida ta’kidladi. Tadbir doirasida Chirchiq shahridagi harbiy qismlar ofitserlari hamda 21-umumta'lim maktabi o'quvchilarini taqdirladi.
Bayramning badiiy qismida talabalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, 21-umumta'lim maktabi o'quvchilari tomonidan taqdim etilgan tabriklar, raqslar tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, harbiy qism “Lochin” maxsus guruhi tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali jang san’ati tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.