Vatanparvarlik kompetensiyasi - bu shaxsning milliy o‘zlikni anglash, vatanga bo‘lgan sadoqatni ichki motivatsiya sifatida qabul qilish, fuqarolik mas’uliyatini o‘zlashtirish va ijtimoiy faoliyatda milliy qadriyatlar asosida samarali ishtirok etish qobiliyatidir.
Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng avvalo ularning ma’naviy dunyosini shakllantirishdan boshlanadi. Chunki ma’naviyat – insonning ichki tayanchi, ezgulik va mas’uliyat mezonidir.
“Ma’naviyatdan boshlanadigan ilm yo‘li” g‘oyasi shuni anglatadiki, bilim faqat aqlni emas, balki qalbni ham yuksaltirishi kerak. Vataniga sadoqatli, milliy qadriyatlarni qadrlaydigan yoshgina haqiqiy ilm egasi va jamiyat tayanchi bo‘la oladi.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti “Pedagogika” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Norov Nodir Jo‘rayevich 13.00.02- Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Auditoriyadan tashqari ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar vositasida talabalarda vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiyasi tajriba-sinov ishlari bo‘yicha talabalar bilan olib borilgan ishlardan fotolavhalar
Endilikda murojaatlarni Telegram bot orqali yuborishingiz mumkin!
Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida "ZIYO MASKANI" platformasida yangi imkoniyat joriy etildi. Endilikda o‘zingizni qiziqtirgan savollar, takliflar, fikr-mulohazalar hamda murojaatlaringizni maxsus Telegram bot orqali bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishingiz mumkin. Telegram bot orqali yuborilgan murojaatlar tezkor tarzda qabul qilinadi va mas’ul mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, platforma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflaringiz ham biz uchun muhim ahamiyatga ega.
Telegram bot orqali nimalarni yuborish mumkin?
Savol va so‘rovlar;
Taklif va tavsiyalar;
Texnik muammolar haqida xabarlar;
Platforma faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalar;
Boshqa turdagi murojaatlar.
Sizning har bir murojaatingiz biz uchun qadrlidir. Fikr va takliflaringiz "ZIYO MASKANI" platformasini yanada rivojlantirish hamda foydalanuvchilar uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
Murojaat yuborish uchun Telegram botdan foydalaning va biz bilan doimiy aloqada bo‘ling: @ziyo_murojaatbot!