Vatanparvarlik kompetensiyasi - bu shaxsning milliy o‘zlikni anglash, vatanga bo‘lgan sadoqatni ichki motivatsiya sifatida qabul qilish, fuqarolik mas’uliyatini o‘zlashtirish va ijtimoiy faoliyatda milliy qadriyatlar asosida samarali ishtirok etish qobiliyatidir.
Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng avvalo ularning ma’naviy dunyosini shakllantirishdan boshlanadi. Chunki ma’naviyat – insonning ichki tayanchi, ezgulik va mas’uliyat mezonidir.
“Ma’naviyatdan boshlanadigan ilm yo‘li” g‘oyasi shuni anglatadiki, bilim faqat aqlni emas, balki qalbni ham yuksaltirishi kerak. Vataniga sadoqatli, milliy qadriyatlarni qadrlaydigan yoshgina haqiqiy ilm egasi va jamiyat tayanchi bo‘la oladi.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti “Pedagogika” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Norov Nodir Jo‘rayevich 13.00.02- Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Auditoriyadan tashqari ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar vositasida talabalarda vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiyasi tajriba-sinov ishlari bo‘yicha talabalar bilan olib borilgan ishlardan fotolavhalar